Az-Zalzala surasi الزلزلة
99-sura · 8 oyat · Madaniy
Az-Zalzala surasi (الزلزلة) — 8 oyat, Madaniy. Arab matni, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasi, transkripsiya, tafsir izohlari va qorilar tilovati.
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ
إِذَا زُلْزِلَتِ ٱلْأَرْضُ زِلْزَالَهَا ﴿١﴾
1. Vaqtiki, yer o`ziga xos zilzilaga tushsa...
وَأَخْرَجَتِ ٱلْأَرْضُ أَثْقَالَهَا ﴿٢﴾
2. Va yer o`z yuklarini otib chiqarsa...
وَقَالَ ٱلْإِنسَـٰنُ مَا لَهَا ﴿٣﴾
3. Va inson: «Unga nima bo`ldi?!» – desa...
يَوْمَئِذٍ تُحَدِّثُ أَخْبَارَهَا ﴿٤﴾
4. O`sha kunda u (er) o`z xabarini aytadir.
بِأَنَّ رَبَّكَ أَوْحَىٰ لَهَا ﴿٥﴾
5. Sening Robbing unga vahiy yuborgani uchundir.
يَوْمَئِذٍ يَصْدُرُ ٱلنَّاسُ أَشْتَاتًا لِّيُرَوْا۟ أَعْمَـٰلَهُمْ ﴿٦﴾
6. O`sha kunda odamlar amallarini ko`rish uchun joylaridan guruh-guruh bo`lib qo`zg`alurlar.
فَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُۥ ﴿٧﴾
7. Bas, kim zarra og`irligida yaxshilik qilsa ham ko`radir.
وَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَهُۥ ﴿٨﴾
8. Va kim zarra og`irligida yomonlik qilsa ham ko`radir.