Al-Bayyina surasi البينة
98-sura · 8 oyat · Madaniy
Al-Bayyina surasi (البينة) — 8 oyat, Madaniy. Arab matni, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasi, transkripsiya, tafsir izohlari va qorilar tilovati.
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ
لَمْ يَكُنِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَـٰبِ وَٱلْمُشْرِكِينَ مُنفَكِّينَ حَتَّىٰ تَأْتِيَهُمُ ٱلْبَيِّنَةُ ﴿١﴾
1. Ahli kitob va mushriklardan bo`lgan kufr keltirganlar «bayyina» kelmaguncha ajralmasdilar.
رَسُولٌ مِّنَ ٱللَّهِ يَتْلُوا۟ صُحُفًا مُّطَهَّرَةً ﴿٢﴾
2. U (bayyina), Alloh tarafidan yuborilgan Rasul bo`lib, poklangan sahifalarni tilovat qiladur.
فِيهَا كُتُبٌ قَيِّمَةٌ ﴿٣﴾
3. Ularda ajoyib bitiklar bor.
وَمَا تَفَرَّقَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَـٰبَ إِلَّا مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَتْهُمُ ٱلْبَيِّنَةُ ﴿٤﴾
4. Kitob berilganlar ularga «bayyina» kelganidan so`nggina bo`linib ketishdi.
وَمَآ أُمِرُوٓا۟ إِلَّا لِيَعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ حُنَفَآءَ وَيُقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَيُؤْتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ ۚ وَذَٰلِكَ دِينُ ٱلْقَيِّمَةِ ﴿٥﴾
5. Holbuki, ular faqat Allohgagina ibodat qilishga, Uning dinigagina ixlos qilishga, boshqa dinlarga moyil bo`lmaslikka, namozni to`liq o`qishga, zakot berishga buyurilgan edilar. Ana shu, to`g`ri(millat)ning dinidir.
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَـٰبِ وَٱلْمُشْرِكِينَ فِى نَارِ جَهَنَّمَ خَـٰلِدِينَ فِيهَآ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ هُمْ شَرُّ ٱلْبَرِيَّةِ ﴿٦﴾
6. Albatta, ahli kitob va mushriklardan bo`lgan kufr keltirganlar jahannam o`tidadurlar, u yerda abadiy qolurlar. Undaylar xaloyiqning eng yomonidirlar.
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ أُو۟لَـٰٓئِكَ هُمْ خَيْرُ ٱلْبَرِيَّةِ ﴿٧﴾
7. Albatta, iymon keltirganlar va solih amallarni qilganlar, ana o`shalar, xaloyiqning eng yaxshisidir.
جَزَآؤُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ جَنَّـٰتُ عَدْنٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ خَـٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ۖ رَّضِىَ ٱللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا۟ عَنْهُ ۚ ذَٰلِكَ لِمَنْ خَشِىَ رَبَّهُۥ ﴿٨﴾
8. Ularning mukofotlari Robbilari huzuridagi (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan «adn» jannatlaridir. U yerda abadul-abad qolurlar. Alloh ulardan rozi bo`ldi, ular ham Undan rozi bo`ldilar. Bu, Robbidan qo`rqqanlar uchundir.