Al-Odiyot surasi العاديات
100-sura · 11 oyat · Makkiy
Al-Odiyot surasi (العاديات) — 11 oyat, Makkiy. Arab matni, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasi, transkripsiya va qorilar tilovati.
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ
وَٱلْعَـٰدِيَـٰتِ ضَبْحًا ﴿١﴾
1. Harsillab chopuvchi otlar bilan qasam.
فَٱلْمُورِيَـٰتِ قَدْحًا ﴿٢﴾
2. O`t chaqnatib chopuvchi otlar bilan qasam.
فَٱلْمُغِيرَٰتِ صُبْحًا ﴿٣﴾
3. Tong chog`ida g`orat qiluvchi otlar bilan qasam.
فَأَثَرْنَ بِهِۦ نَقْعًا ﴿٤﴾
4. O`sha ila chang qo`zg`atdilar.
فَوَسَطْنَ بِهِۦ جَمْعًا ﴿٥﴾
5. Va u ila jamoa o`rtasiga (yorib) kirdilar.
إِنَّ ٱلْإِنسَـٰنَ لِرَبِّهِۦ لَكَنُودٌ ﴿٦﴾
6. Albatta, inson o`z Robbiga noshukrdir.
وَإِنَّهُۥ عَلَىٰ ذَٰلِكَ لَشَهِيدٌ ﴿٧﴾
7. Va albatta, u ana shunga o`zi guvohdir.
وَإِنَّهُۥ لِحُبِّ ٱلْخَيْرِ لَشَدِيدٌ ﴿٨﴾
8. Albatta, u mol-dunyoga haddan tashqari o`chdir.
۞ أَفَلَا يَعْلَمُ إِذَا بُعْثِرَ مَا فِى ٱلْقُبُورِ ﴿٩﴾
9. U bilmasmi?! Qabrdagilar qo`zg`atilganda.
وَحُصِّلَ مَا فِى ٱلصُّدُورِ ﴿١٠﴾
10. Va ko`kraklaridagi oshkor bo`lganda.
إِنَّ رَبَّهُم بِهِمْ يَوْمَئِذٍ لَّخَبِيرٌۢ ﴿١١﴾
11. O`sha kunda Robbilari ulardan xabardor ekanini?!