Hudhud Vird › Qur’on suralari › Al-Qori’a surasi

Al-Qori’a surasi القارعة

101-sura · 11 oyat · Makkiy

Al-Qori’a surasi (القارعة) — 11 oyat, Makkiy. Arab matni, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasi, transkripsiya, tafsir izohlari va qorilar tilovati.

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. ٱلْقَارِعَةُ ﴿١﴾

    1. Al-Qori'a.

  2. مَا ٱلْقَارِعَةُ ﴿٢﴾

    2. Al-Qori'a nima?

  3. وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا ٱلْقَارِعَةُ ﴿٣﴾

    3. Al-Qori'a qandoq narsa ekanligini senga nima bildirdi?

  4. يَوْمَ يَكُونُ ٱلنَّاسُ كَٱلْفَرَاشِ ٱلْمَبْثُوثِ ﴿٤﴾

    4. U kunda odamlar to`zib ketgan kapalakka o`xshab qolarlar.

  5. وَتَكُونُ ٱلْجِبَالُ كَٱلْعِهْنِ ٱلْمَنفُوشِ ﴿٥﴾

    5. Va tog`lar titilgan junga o`xshab qolarlar.

  6. فَأَمَّا مَن ثَقُلَتْ مَوَٰزِينُهُۥ ﴿٦﴾

    6. Kimning tarozusi og`ir kelsa...

  7. فَهُوَ فِى عِيشَةٍ رَّاضِيَةٍ ﴿٧﴾

    7. Bas, u rozilik hayotidadir.

  8. وَأَمَّا مَنْ خَفَّتْ مَوَٰزِينُهُۥ ﴿٨﴾

    8. Va ammo kimning tarozusi yengil kelsa...

  9. فَأُمُّهُۥ هَاوِيَةٌ ﴿٩﴾

    9. Bas, uning onasi haaviya (do`zax)dir.

  10. وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا هِيَهْ ﴿١٠﴾

    10. U (Haaviya) qandoq narsa ekanligini senga nima bildirdi?

  11. نَارٌ حَامِيَةٌۢ ﴿١١﴾

    11. U qattiq qizigan o`tdir.