Hudhud Vird › Qur’on suralari › At-Takosur surasi

At-Takosur surasi التكاثر

102-sura · 8 oyat · Makkiy

At-Takosur surasi (التكاثر) — 8 oyat, Makkiy. Arab matni, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasi, transkripsiya, tafsir izohlari va qorilar tilovati.

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. أَلْهَىٰكُمُ ٱلتَّكَاثُرُ ﴿١﴾

    1. «Kimniki ko`p» sizni mashg`ul qildi.

  2. حَتَّىٰ زُرْتُمُ ٱلْمَقَابِرَ ﴿٢﴾

    2. To qabrlarni ziyorat qilguningizcha.

  3. كَلَّا سَوْفَ تَعْلَمُونَ ﴿٣﴾

    3. Yo`q! Sizlar tezda bilasiz.

  4. ثُمَّ كَلَّا سَوْفَ تَعْلَمُونَ ﴿٤﴾

    4. Yana yo`q! Sizlar tezda bilasiz.

  5. كَلَّا لَوْ تَعْلَمُونَ عِلْمَ ٱلْيَقِينِ ﴿٥﴾

    5. Yo`q! Agar Siz aniq ilm ila bilganingizda edi.

  6. لَتَرَوُنَّ ٱلْجَحِيمَ ﴿٦﴾

    6. Albatta, jahannamni ko`rasiz.

  7. ثُمَّ لَتَرَوُنَّهَا عَيْنَ ٱلْيَقِينِ ﴿٧﴾

    7. Va yana, albatta, uni ishonch ko`zi bilan ko`rasiz.

  8. ثُمَّ لَتُسْـَٔلُنَّ يَوْمَئِذٍ عَنِ ٱلنَّعِيمِ ﴿٨﴾

    8. So`ngra, o`sha kunda, albatta, berilgan ne'matlardan so`ralasiz.