Al-Asr surasi العصر
103-sura · 3 oyat · Makkiy
Al-Asr surasi (العصر) — 3 oyat, Makkiy. Arab matni, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasi, transkripsiya, tafsir izohlari va qorilar tilovati.
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ
وَٱلْعَصْرِ ﴿١﴾
1. Asr bilan qasam.
إِنَّ ٱلْإِنسَـٰنَ لَفِى خُسْرٍ ﴿٢﴾
2. Albatta, inson xusrondadir.
إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ وَتَوَاصَوْا۟ بِٱلْحَقِّ وَتَوَاصَوْا۟ بِٱلصَّبْرِ ﴿٣﴾
3. Illo, iymon keltirganlar va solih amallar qilganlar, bir-birlarini haq yo`lga chaqirganlar va bir-birlarini sabrga chaqirganlar (undoq emasdir).