Al-Humaza surasi الهمزة
104-sura · 9 oyat · Makkiy
Al-Humaza surasi (الهمزة) — 9 oyat, Makkiy. Arab matni, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasi, transkripsiya va qorilar tilovati.
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ
وَيْلٌ لِّكُلِّ هُمَزَةٍ لُّمَزَةٍ ﴿١﴾
1. Har bir obro` to`kuvchi va ayblovchiga «vayl» bo`lsin.
ٱلَّذِى جَمَعَ مَالًا وَعَدَّدَهُۥ ﴿٢﴾
2. U mol jamladi va uni sanab turur.
يَحْسَبُ أَنَّ مَالَهُۥٓ أَخْلَدَهُۥ ﴿٣﴾
3. U, albatta, moli uni abadiy qoldirur deb hisob qilur.
كَلَّا ۖ لَيُنۢبَذَنَّ فِى ٱلْحُطَمَةِ ﴿٤﴾
4. Yo`q! Albatta, u «hutoma»ga xor-zor etib tashlanur.
وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا ٱلْحُطَمَةُ ﴿٥﴾
5. «Hutoma» qandoq narsa ekanini senga nima bildirur?
نَارُ ٱللَّهِ ٱلْمُوقَدَةُ ﴿٦﴾
6. U, Allohning shiddatli, o`chmas olovidir.
ٱلَّتِى تَطَّلِعُ عَلَى ٱلْأَفْـِٔدَةِ ﴿٧﴾
7. Qalblargacha yetib boradigandur.
إِنَّهَا عَلَيْهِم مُّؤْصَدَةٌ ﴿٨﴾
8. Albatta, u ularning ustidan qoplangandir.
فِى عَمَدٍ مُّمَدَّدَةٍۭ ﴿٩﴾
9. Uzun-uzun ustunlarga bog`langandir.