At-Tin surasi التين
95-sura · 8 oyat · Makkiy
At-Tin surasi (التين) — 8 oyat, Makkiy. Arab matni, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasi, transkripsiya, tafsir izohlari va qorilar tilovati.
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ
وَٱلتِّينِ وَٱلزَّيْتُونِ ﴿١﴾
1. Anjir bilan qasam va zaytun bilan qasam.
وَطُورِ سِينِينَ ﴿٢﴾
2. Va Turi Siyno bilan qasam.
وَهَـٰذَا ٱلْبَلَدِ ٱلْأَمِينِ ﴿٣﴾
3. Va mana bu eminlik yurti (Makka) bilan qasam.
لَقَدْ خَلَقْنَا ٱلْإِنسَـٰنَ فِىٓ أَحْسَنِ تَقْوِيمٍ ﴿٤﴾
4. Batahqiq, Biz insonni eng yaxshi suvratda yaratdik.
ثُمَّ رَدَدْنَـٰهُ أَسْفَلَ سَـٰفِلِينَ ﴿٥﴾
5. So`ngra uni asfala saafiliynga qaytardik.
إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ فَلَهُمْ أَجْرٌ غَيْرُ مَمْنُونٍ ﴿٦﴾
6. Illo, iymon keltirganlar va yaxshi amallar qilganlarga minnatsiz va uzluksiz ajrlar bordir.
فَمَا يُكَذِّبُكَ بَعْدُ بِٱلدِّينِ ﴿٧﴾
7. Bas, seni oxiratni yolg`onga chiqarishga nima olib kelur?!
أَلَيْسَ ٱللَّهُ بِأَحْكَمِ ٱلْحَـٰكِمِينَ ﴿٨﴾
8. Alloh hukm qilguvchilarning eng hikmatlisi emasmi?!