Ash-Sharh surasi الشرح
94-sura · 8 oyat · Makkiy
Ash-Sharh surasi (الشرح) — 8 oyat, Makkiy. Arab matni, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasi, transkripsiya va qorilar tilovati.
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ
أَلَمْ نَشْرَحْ لَكَ صَدْرَكَ ﴿١﴾
1. Sening ko`ksingni keng qilib qo`ymadikmi?
وَوَضَعْنَا عَنكَ وِزْرَكَ ﴿٢﴾
2. Va sening yukingni yengillatmadikmi?
ٱلَّذِىٓ أَنقَضَ ظَهْرَكَ ﴿٣﴾
3. Yelkangni bosib turganni?
وَرَفَعْنَا لَكَ ذِكْرَكَ ﴿٤﴾
4. Va sening zikringni yuqori ko`tarmadikmi?
فَإِنَّ مَعَ ٱلْعُسْرِ يُسْرًا ﴿٥﴾
5. Bas, albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir.
إِنَّ مَعَ ٱلْعُسْرِ يُسْرًا ﴿٦﴾
6. Albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir.
فَإِذَا فَرَغْتَ فَٱنصَبْ ﴿٧﴾
7. Forig` bo`lsang, (ibodatga) uringin.
وَإِلَىٰ رَبِّكَ فَٱرْغَب ﴿٨﴾
8. Va faqat Robbingga rag`bat qilgin.