Ad-Duho surasi الضحى
93-sura · 11 oyat · Makkiy
Ad-Duho surasi (الضحى) — 11 oyat, Makkiy. Arab matni, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasi, transkripsiya, tafsir izohlari va qorilar tilovati.
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ
وَٱلضُّحَىٰ ﴿١﴾
1. Choshtgoh bilan qasam.
وَٱلَّيْلِ إِذَا سَجَىٰ ﴿٢﴾
2. Sukunatga cho`mgan tun bilan qasam.
مَا وَدَّعَكَ رَبُّكَ وَمَا قَلَىٰ ﴿٣﴾
3. Robbing seni tark qilgani yo`q, senga g`azab ham qilgani yo`q.
وَلَلْـَٔاخِرَةُ خَيْرٌ لَّكَ مِنَ ٱلْأُولَىٰ ﴿٤﴾
4. Va albatta, oxirat sen uchun bu dunyodan yaxshidir.
وَلَسَوْفَ يُعْطِيكَ رَبُّكَ فَتَرْضَىٰٓ ﴿٥﴾
5. Va tezda Robbing senga ato qilur va sen rozi bo`lursan.
أَلَمْ يَجِدْكَ يَتِيمًا فَـَٔاوَىٰ ﴿٦﴾
6. U seni yetim topib, joylab qo`ymadimi?
وَوَجَدَكَ ضَآلًّا فَهَدَىٰ ﴿٧﴾
7. Va U seni hayron holda topib, hidoyatga boshlamadimi?
وَوَجَدَكَ عَآئِلًا فَأَغْنَىٰ ﴿٨﴾
8. Va U seni kambag`al holda topib, boy qilmadimi?
فَأَمَّا ٱلْيَتِيمَ فَلَا تَقْهَرْ ﴿٩﴾
9. Ammo yetimga qahr qilmagin.
وَأَمَّا ٱلسَّآئِلَ فَلَا تَنْهَرْ ﴿١٠﴾
10. Va ammo, «soil»ga zajr qilma.
وَأَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ ﴿١١﴾
11. Va ammo Robbingning bergan ne'mati haqida so`zla.