Hudhud Vird › Qur’on suralari › Al-Alaq surasi

Al-Alaq surasi العلق

96-sura · 19 oyat · Makkiy

Al-Alaq surasi (العلق) — 19 oyat, Makkiy. Arab matni, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasi, transkripsiya, tafsir izohlari va qorilar tilovati.

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. ٱقْرَأْ بِٱسْمِ رَبِّكَ ٱلَّذِى خَلَقَ ﴿١﴾

    1. Yaratgan Robbing nomi bilan o`qi.

  2. خَلَقَ ٱلْإِنسَـٰنَ مِنْ عَلَقٍ ﴿٢﴾

    2. U insonni alaqdan yaratdi.

  3. ٱقْرَأْ وَرَبُّكَ ٱلْأَكْرَمُ ﴿٣﴾

    3. O`qi! Robbing Karamlilarning karamlisidir.

  4. ٱلَّذِى عَلَّمَ بِٱلْقَلَمِ ﴿٤﴾

    4. U, qalam bilan ilm o`rgatgandir.

  5. عَلَّمَ ٱلْإِنسَـٰنَ مَا لَمْ يَعْلَمْ ﴿٥﴾

    5. U, insonga bilmagan narsasini o`rgatdi.

  6. كَلَّآ إِنَّ ٱلْإِنسَـٰنَ لَيَطْغَىٰٓ ﴿٦﴾

    6. Yo`q! Inson, albatta, tug`yonga ketur.

  7. أَن رَّءَاهُ ٱسْتَغْنَىٰٓ ﴿٧﴾

    7. Gar o`zini boy ko`rsa.

  8. إِنَّ إِلَىٰ رَبِّكَ ٱلرُّجْعَىٰٓ ﴿٨﴾

    8. Albatta, qaytib borish Robbinggadir.

  9. أَرَءَيْتَ ٱلَّذِى يَنْهَىٰ ﴿٩﴾

    9. Qaytarganni ko`rdingmi?!

  10. عَبْدًا إِذَا صَلَّىٰٓ ﴿١٠﴾

    10. Bandani namoz o`qiyotganida?!

  11. أَرَءَيْتَ إِن كَانَ عَلَى ٱلْهُدَىٰٓ ﴿١١﴾

    11. Ayting-chi, agar o`sha hidoyatda bo`lsa.

  12. أَوْ أَمَرَ بِٱلتَّقْوَىٰٓ ﴿١٢﴾

    12. Yoki taqvoga chaqirsa.

  13. أَرَءَيْتَ إِن كَذَّبَ وَتَوَلَّىٰٓ ﴿١٣﴾

    13. Ayting-chi, agar u yolg`onga chiqarsa va yuz o`girsa.

  14. أَلَمْ يَعْلَم بِأَنَّ ٱللَّهَ يَرَىٰ ﴿١٤﴾

    14. Alloh uni ko`rib turishini bilmasmi?

  15. كَلَّا لَئِن لَّمْ يَنتَهِ لَنَسْفَعًۢا بِٱلنَّاصِيَةِ ﴿١٥﴾

    15. Yo`q! Agar qaytmasa, peshonasidan shiddat-la tutamiz!

  16. نَاصِيَةٍ كَـٰذِبَةٍ خَاطِئَةٍ ﴿١٦﴾

    16. Yolg`onchi, xatokor peshonasidan!

  17. فَلْيَدْعُ نَادِيَهُۥ ﴿١٧﴾

    17. Bas, u o`z to`pini chaqirsin.

  18. سَنَدْعُ ٱلزَّبَانِيَةَ ﴿١٨﴾

    18. Biz ham zaboniyalarni chaqirurmiz.

  19. كَلَّا لَا تُطِعْهُ وَٱسْجُدْ وَٱقْتَرِب ۩ ﴿١٩﴾

    19. Yo`q! Sen unga itoat qilma! Sajda qil va qurbat hosil qil.