Hudhud Vird › Qur’on suralari › Ash-Shams surasi

Ash-Shams surasi الشمس

91-sura · 15 oyat · Makkiy

Ash-Shams surasi (الشمس) — 15 oyat, Makkiy. Arab matni, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasi, transkripsiya, tafsir izohlari va qorilar tilovati.

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. وَٱلشَّمْسِ وَضُحَىٰهَا ﴿١﴾

    1. Quyosh bilan va uning ziyosi bilan qasam.

  2. وَٱلْقَمَرِ إِذَا تَلَىٰهَا ﴿٢﴾

    2. Uning ortidan kelgan oy bilan qasam.

  3. وَٱلنَّهَارِ إِذَا جَلَّىٰهَا ﴿٣﴾

    3. Va u(quyosh)ni ravshan ko`rsatgan nahor bilan qasam.

  4. وَٱلَّيْلِ إِذَا يَغْشَىٰهَا ﴿٤﴾

    4. Va u(quyosh)ni qoplagan tun bilan qasam.

  5. وَٱلسَّمَآءِ وَمَا بَنَىٰهَا ﴿٥﴾

    5. Va osmon bilan va uning bino qilinishi bilan qasam.

  6. وَٱلْأَرْضِ وَمَا طَحَىٰهَا ﴿٦﴾

    6. Va yer bilan va uning to`shalishi bilan qasam.

  7. وَنَفْسٍ وَمَا سَوَّىٰهَا ﴿٧﴾

    7. Va nafs bilan va uning mukammal qilinishi bilan qasam.

  8. فَأَلْهَمَهَا فُجُورَهَا وَتَقْوَىٰهَا ﴿٨﴾

    8. Bas, unga fujurini va taqvosini bildirdi.

  9. قَدْ أَفْلَحَ مَن زَكَّىٰهَا ﴿٩﴾

    9. Batahqiq, kim u(nafs)ni poklasa, yutuqqa erishdi.

  10. وَقَدْ خَابَ مَن دَسَّىٰهَا ﴿١٠﴾

    10. Va batahqiq, kim u(nafs)ni kirlasa, noumid bo`ldi.

  11. كَذَّبَتْ ثَمُودُ بِطَغْوَىٰهَآ ﴿١١﴾

    11. Samud qavmi o`z tug`yoni ila yolg`onga chiqardi.

  12. إِذِ ٱنۢبَعَثَ أَشْقَىٰهَا ﴿١٢﴾

    12. Vaqtiki, uning eng badbaxti shoshilib turdi.

  13. فَقَالَ لَهُمْ رَسُولُ ٱللَّهِ نَاقَةَ ٱللَّهِ وَسُقْيَـٰهَا ﴿١٣﴾

    13. Bas, ularga Allohning Rasuli: «Allohning tuyasiga va uning suviga tegmanglar», dedi.

  14. فَكَذَّبُوهُ فَعَقَرُوهَا فَدَمْدَمَ عَلَيْهِمْ رَبُّهُم بِذَنۢبِهِمْ فَسَوَّىٰهَا ﴿١٤﴾

    14. Bas, (uni) yolg`onchiga chiqarishdi va (tuyani) so`yishdi. Bas, Robblari ularni gunohlari sababli yo`q qilib yubordi va bunda barchani barobar qildi.

  15. وَلَا يَخَافُ عُقْبَـٰهَا ﴿١٥﴾

    15. Va U zot bu(ish)ning oqibatidan qo`rqmas.