Hudhud Vird › Qur’on suralari › Al-Balad surasi

Al-Balad surasi البلد

90-sura · 20 oyat · Makkiy

Al-Balad surasi (البلد) — 20 oyat, Makkiy. Arab matni, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasi, transkripsiya, tafsir izohlari va qorilar tilovati.

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. لَآ أُقْسِمُ بِهَـٰذَا ٱلْبَلَدِ ﴿١﴾

    1. Mana shu shahar bilan qasam.

  2. وَأَنتَ حِلٌّۢ بِهَـٰذَا ٱلْبَلَدِ ﴿٢﴾

    2. Sen muqim turgan bu shahar-la.

  3. وَوَالِدٍ وَمَا وَلَدَ ﴿٣﴾

    3. Va Volid va undan tarqagan valadlar bilan qasam.

  4. لَقَدْ خَلَقْنَا ٱلْإِنسَـٰنَ فِى كَبَدٍ ﴿٤﴾

    4. Batahqiq, Biz insonni mashaqqatda yaratdik.

  5. أَيَحْسَبُ أَن لَّن يَقْدِرَ عَلَيْهِ أَحَدٌ ﴿٥﴾

    5. U inson unga hech kimning kuchi yetmas, deb hisoblarmi?

  6. يَقُولُ أَهْلَكْتُ مَالًا لُّبَدًا ﴿٦﴾

    6. U: «Ko`plab mol-dunyo nafaqa qildim», deydir.

  7. أَيَحْسَبُ أَن لَّمْ يَرَهُۥٓ أَحَدٌ ﴿٧﴾

    7. U o`zini birov ko`rmadi, deb hisoblaydirmi?

  8. أَلَمْ نَجْعَل لَّهُۥ عَيْنَيْنِ ﴿٨﴾

    8. Biz unga ikki ko`zni.

  9. وَلِسَانًا وَشَفَتَيْنِ ﴿٩﴾

    9. Va tilni va ikki labni bermadikmi?

  10. وَهَدَيْنَـٰهُ ٱلنَّجْدَيْنِ ﴿١٠﴾

    10. Va Biz uni ikki yo`lga yo`llab qo`ymadikmi?

  11. فَلَا ٱقْتَحَمَ ٱلْعَقَبَةَ ﴿١١﴾

    11. Bas, u dovon oshib o`tmadi.

  12. وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا ٱلْعَقَبَةُ ﴿١٢﴾

    12. Dovon qandoq narsa ekanini senga nima bildirdi?

  13. فَكُّ رَقَبَةٍ ﴿١٣﴾

    13. U qul ozod qilishdir.

  14. أَوْ إِطْعَـٰمٌ فِى يَوْمٍ ذِى مَسْغَبَةٍ ﴿١٤﴾

    14. Yoki ocharchilik kunida taom berishdir.

  15. يَتِيمًا ذَا مَقْرَبَةٍ ﴿١٥﴾

    15. Qarindosh yetimga.

  16. أَوْ مِسْكِينًا ذَا مَتْرَبَةٍ ﴿١٦﴾

    16. Yoki tuproqqa qorilgan miskinga.

  17. ثُمَّ كَانَ مِنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَتَوَاصَوْا۟ بِٱلصَّبْرِ وَتَوَاصَوْا۟ بِٱلْمَرْحَمَةِ ﴿١٧﴾

    17. So`ngra, iymon keltirganlar va bir-birini sabrga, mehr-shafqatga chaqirganlar bo`lsa...

  18. أُو۟لَـٰٓئِكَ أَصْحَـٰبُ ٱلْمَيْمَنَةِ ﴿١٨﴾

    18. Ana o`shalar o`ng tomon egalaridir.

  19. وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا هُمْ أَصْحَـٰبُ ٱلْمَشْـَٔمَةِ ﴿١٩﴾

    19. Oyatlarimizga kufr keltirganlar chap tomon egalaridir.

  20. عَلَيْهِمْ نَارٌ مُّؤْصَدَةٌۢ ﴿٢٠﴾

    20. Ularni chiqib bo`lmaydigan o`t-olov o`rab olgandir.