At-Toriq surasi الطارق
86-sura · 17 oyat · Makkiy
At-Toriq surasi (الطارق) — 17 oyat, Makkiy. Arab matni, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasi, transkripsiya, tafsir izohlari va qorilar tilovati.
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ
وَٱلسَّمَآءِ وَٱلطَّارِقِ ﴿١﴾
1. Osmon bilan qasam va toriq bilan qasam.
وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا ٱلطَّارِقُ ﴿٢﴾
2. Toriq nimaligini senga ne bildirdi?
ٱلنَّجْمُ ٱلثَّاقِبُ ﴿٣﴾
3. U, nur sochib turuvchi yulduzdir.
إِن كُلُّ نَفْسٍ لَّمَّا عَلَيْهَا حَافِظٌ ﴿٤﴾
4. Hech bir jon yo`qki, uning hifz qilib turuvchisi bo`lmasa.
فَلْيَنظُرِ ٱلْإِنسَـٰنُ مِمَّ خُلِقَ ﴿٥﴾
5. Inson nimadan yaralganiga nazar solsin.
خُلِقَ مِن مَّآءٍ دَافِقٍ ﴿٦﴾
6. U otilib chiquvchi suvdan yaralgandir.
يَخْرُجُ مِنۢ بَيْنِ ٱلصُّلْبِ وَٱلتَّرَآئِبِ ﴿٧﴾
7. U (suv) sulb (orqa umurtqa) va taroib (ko`krak suyagi) orasidan chiqadir.
إِنَّهُۥ عَلَىٰ رَجْعِهِۦ لَقَادِرٌ ﴿٨﴾
8. Albatta, U zot uni qayta tiriltirishga qodirdir.
يَوْمَ تُبْلَى ٱلسَّرَآئِرُ ﴿٩﴾
9. Sirlar fosh bo`ladigan kundadir.
فَمَا لَهُۥ مِن قُوَّةٍ وَلَا نَاصِرٍ ﴿١٠﴾
10. Bas (o`shanda) u(inson)da quvvat ham, nusrat beruvchi ham bo`lmaydir.
وَٱلسَّمَآءِ ذَاتِ ٱلرَّجْعِ ﴿١١﴾
11. Qaytuvchi sohibi bo`lgan osmon bilan qasam.
وَٱلْأَرْضِ ذَاتِ ٱلصَّدْعِ ﴿١٢﴾
12. Yorib chiquvchi egasi bo`lgan yer bilan qasam.
إِنَّهُۥ لَقَوْلٌ فَصْلٌ ﴿١٣﴾
13. Albatta, u (Qur'on) ajratuvchi so`zdir.
وَمَا هُوَ بِٱلْهَزْلِ ﴿١٤﴾
14. Va u hazil emasdir.
إِنَّهُمْ يَكِيدُونَ كَيْدًا ﴿١٥﴾
15. Albatta, ular hiyla qiladir.
وَأَكِيدُ كَيْدًا ﴿١٦﴾
16. Va Men ham «hiyla» qilurman.
فَمَهِّلِ ٱلْكَـٰفِرِينَ أَمْهِلْهُمْ رُوَيْدًۢا ﴿١٧﴾
17. Bas, kofirlarga muhlat ber. Ha, ularga ozgina muhlat ber.