Hudhud Vird › Qur’on suralari › Al-Mo’un surasi

Al-Mo’un surasi الماعون

107-sura · 7 oyat · Makkiy

Al-Mo’un surasi (الماعون) — 7 oyat, Makkiy. Arab matni, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasi, transkripsiya va qorilar tilovati.

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. أَرَءَيْتَ ٱلَّذِى يُكَذِّبُ بِٱلدِّينِ ﴿١﴾

    1. Oxirat(jazosi)ni yolg`onga chiqaruvchini ko`rdingmi?

  2. فَذَٰلِكَ ٱلَّذِى يَدُعُّ ٱلْيَتِيمَ ﴿٢﴾

    2. U, yetimni qo`pollik bilan haydaydir.

  3. وَلَا يَحُضُّ عَلَىٰ طَعَامِ ٱلْمِسْكِينِ ﴿٣﴾

    3. Va miskinlarga taom berishga qiziqtirmaydir.

  4. فَوَيْلٌ لِّلْمُصَلِّينَ ﴿٤﴾

    4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo`lsinki.

  5. ٱلَّذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ ﴿٥﴾

    5. Ular namozlarini unutuvchilardir.

  6. ٱلَّذِينَ هُمْ يُرَآءُونَ ﴿٦﴾

    6. Undoq kishilar riyo qiladiganlardir.

  7. وَيَمْنَعُونَ ٱلْمَاعُونَ ﴿٧﴾

    7. Va maa'uunni man qiladiganlardir.